Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 15/05/2025 Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Alohida eʼtibor ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, taʼlim tashabbuslarini rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlash masalalariga qaratildi.

Saida Mirziyoyeva, o‘z navbatida, sheriklikni rivojlantirishda ochiq va konstruktiv yondashuvning ahamiyatini taʼkidlab, shunday dedi:

«Janob Stipraysning mintaqamizda to‘plagan kasbiy tajribasi o‘zaro ishonchni mustahkamlash va umumiy tashabbuslarni ilgari surishda qo‘shimcha turtki bo‘lishiga ishonamiz».

Uchrashuv o‘zaro tushunish va amaliy natijalarga intilish ruhida o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling