Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 23/04/2025 Rossiya Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga yetib keldi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga yetib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni Samarqandda kutib olishdan mamnun ekanligini bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, ikki davlat tashqi siyosiy idoralari rahbarlari o‘rtasida atroflicha va samarali muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

«Biz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlashga intilayapmiz — bu ish faqat xalqlarimiz farovonligi uchun xizmat qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Saidov.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling