Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 27/02/2025 Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 2 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26-fevral kuni Rossiya Federatsiyasida ota-ona qarovisiz qolgan yana ikki nafar voyaga yetmagan vatandoshimiz Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahridagi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari ko‘magida O‘zbekistonga olib kelindi.

Ma'lum bo'lishicha, bugungi olib kelingan bolalarning biri, ota-onasining ishonchnomasi asosida RF ga ketgan.

Ikkinchisi esa, 2023-yildan beri mehnat migratsiyasida ekanligi, 9-sinf o‘quvchisi bo‘lganidayoq opasining turmush o‘rtog‘i bilan Moskvaga borib, dastlab farrosh, keyinchalik esa qahvaxonada idish-tovoq yuvuvchi sifatida ishlab yurgan.

Ikkala fuqaro ham politsiya tomonidan o‘tkazilgan reys davomida Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga yuborilgan.

O‘zbekiston hududidan bolalarni kuzatib borish uchun berilgan ishonchnoma boshqa davlat hududida bolaning qonuniy vakili bo‘lish huquqini bermasligini eslatib o‘tamiz.

Bugungi kunga qadar 9 nafar voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi. Mart oyida Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni O’zbekistonga olib kelish rejalashtirilmoqda va kelgusida oilaviy muhitga qaytarish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling