Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Texnologiyalar 27/06/2025 Raqamli texnologiyalar vazirligi va UNESCO o‘rtasidagi raqamli statistika sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligi va UNESCO o‘rtasidagi raqamli statistika sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BMT Davlat xizmati forumi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va UNESCO Institute for Statistics rahbari Bajracharya Roshan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda mamlakatda raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va statistika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Vazir 2017-yildan beri mamlakatda ma’lumotlar tarqatilishi va sifatining yaxshilanishi, inson salomatligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, IT sohasining rivojlanishi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish va sun’iy intellekt muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani qo‘shimcha qilindi.

Tomonlar ma’lumotlarning shaffofligi, sifatini oshirish, yangi ma’lumotlar bazalari yaratish va xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar. 

Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar. 

Ma’lumot uchun: UNESCO Statistika instituti (UIS) — ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida xalqaro miqyosda solishtirilishi mumkin bo‘lgan rasmiy va ishonchli ma’lumotlar manbai hisoblanadi. UNESCOning rasmiy statistika agentligi sifatida UIS milliy statistika idoralari, tegishli vazirliklar va boshqa statistika tashkilotlari bilan hamkorlikda UNESCOning faoliyat sohalari bo‘yicha turli ko‘rsatkichlarni ishlab chiqaradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling