Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 02/04/2025 Qozog‘istonning Oqtau shahrida “Made in Uzbekistan” shou-rumi va savdo ombori ochildi

v

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-25 mart kunlari Qozog‘istonning Oqtau shahridagi “Oil City” ko‘rgazma majmuasida “Made in Uzbekistan” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida milliy mahsulotlarni doimiy namoyish etish va Qozog‘iston bozoriga eksport qilish maqsadida shou-rum, milliy ko‘rgazmalar o‘tkazish uchun maydon hamda savdo ombori tashkil etildi.

Mazkur shou-rum va savdo ombori Oqtau shahrining markazida joylashgan bo‘lib, 1800 kv.m maydoni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ijaraga olingan.

Shou-rumning asosiy maqsadi mamlakatimizning eksport salohiyatini namoyish etish, aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari o‘rtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat.

Shou-rumning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: oziq-ovqat, to‘qimachilik, hunarmandchilik, charm, elektrotexnika va qurilish mahsulotlari.

Yil davomida mazkur shou-rumda respublika bo‘yicha korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarni joylashtirish va sotish imkoniyati mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling