Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 08/03/2025 Qozog‘iston va O‘zbekiston to‘rtta yangi savdo yo‘lagini ochishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston to‘rtta yangi savdo yo‘lagini ochishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida o‘zbek tomoni qo‘shimcha to‘rtta savdo yo‘lagini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kazinform agentligi xabar bermoqda.

Ushbu tashabbusni O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Jetisu viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuv chog‘ida maʼlum qildi.

Diplomat O‘zbekiston tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, Toshkent rasmiylari chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish ishlarini olib borayotganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatadi.

Bundan avval, Toshkentda Qozog‘iston savdo markazi, Ostonada esa O‘zbekiston savdo markazi ochilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda qozoq kapitali ishtirokida 1000 dan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo aloqalar ham jadal rivojlanib bormoqda.

O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard AQSH dollaridan oshdi. Xususan, O‘zbekiston Qozog‘istonga 1,4 milliard dollarlik tovar eksport qilgan, import esa 2,8 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan.

Shuningdek, so‘nggi besh oy ichida Qozog‘iston O‘zbekistonga 2 million tonna don mahsulotlari yetkazib bergan.Qozog‘iston va O‘zbekiston to‘rtta yangi savdo yo‘lagini ochishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida o‘zbek tomoni qo‘shimcha to‘rtta savdo yo‘lagini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kazinform agentligi xabar bermoqda.

Ushbu tashabbusni O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Jetisu viloyati tadbirkorlari bilan uchrashuv chog‘ida maʼlum qildi.

Diplomat O‘zbekiston tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, Toshkent rasmiylari chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish ishlarini olib borayotganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar o‘zaro savdo hajmining o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir ko‘rsatadi.

Bundan avval, Toshkentda Qozog‘iston savdo markazi, Ostonada esa O‘zbekiston savdo markazi ochilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda qozoq kapitali ishtirokida 1000 dan ortiq korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shu bilan birga, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo aloqalar ham jadal rivojlanib bormoqda.

O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,2 milliard AQSH dollaridan oshdi. Xususan, O‘zbekiston Qozog‘istonga 1,4 milliard dollarlik tovar eksport qilgan, import esa 2,8 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan.

Shuningdek, so‘nggi besh oy ichida Qozog‘iston O‘zbekistonga 2 million tonna don mahsulotlari yetkazib bergan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling