Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Qirg‘iziston prezidenti “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3 aprel kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan so‘ng, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi.