Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 05/06/2025 Qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi AQShda qo‘lga olindi

Qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarosi AQShda qo‘lga olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida Amerika Qo‘shma Shtatlarida qidiruvdagi shaxsning joylashgan o‘rni aniqlanib, u o‘z yurtiga qaytarildi.

O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosining axborot ko‘magi hamda AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli, mamlakatimiz huquq-tartibot organlari tomonidan qidirilayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi va mamlakatdan chiqarib yuborildi.

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda edi.

O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari va AQSHning vakolatli organlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar hamda o‘zaro maʼlumotlar almashish natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv eʼlon qilingan shaxsni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida jinoyatchi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportga keltirildi va keyinchalik javobgarlikka tortish maqsadida Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling