QAZAQ AIR Turkeston – Samarqand yo‘nalishidagi parvozlarni oktyabr oxirigacha uzaytirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — QAZAQ AIR (VietJet Qazaqstan) aviakompaniyasi Turkeston – Samarqand – Turkeston yo‘nalishidagi parvozlar dasturini 2025 yil 25 oktyabrgacha uzaytirganini maʼlum qildi.
1 sentyabrdan boshlab parvozlar yangilangan jadval asosida amalga oshiriladi: juma va yakshanba kunlari Turkestondan uchish mahalliy vaqt bilan 12:45 da amalga oshirilib, Samarqandga 14:15 da yetib keladi. Qaytishi esa Samarqanddan 15:05 da bo‘lib, Turkestonga 16:30 da yetib boradi. Yo‘lkira narxi bir tomonga 14 000 tengeden boshlanadi.
Bundan tashqari, yo‘lovchilar uchun tranzit parvozlar ham taklif etilmoqda. Astanadan chiqish 09:30 da, Turkestonda to‘xtab o‘tish orqali Samarqandga yetib kelish 14:15 da rejalashtirilgan. Qaytishi esa Samarqanddan 15:05 da boshlanib, Astanaga 19:20 da yetib boradi. Bu yo‘nalishdagi chipta narxi 41 000 tengeden boshlanadi.
Aviakompaniya maʼlum qilishicha, mazkur yo‘nalish Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolari orasida barqaror talabga ega. Shu sababli parvozlar kuz mavsumigacha uzaytirildi.
Muntazam havo qatnovlari ikki davlat o‘rtasidagi turizm, madaniyat va biznes sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.