Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 20/05/2025 “Pushkin”dan TTZgacha yangi metro yo‘li qurilishi 2025 yil 15 iyunda boshlanadi

“Pushkin”dan TTZgacha yangi metro yo‘li qurilishi 2025 yil 15 iyunda boshlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropolitenining yangi yo‘nalishi — “Pushkin” stansiyasidan TTZ hududigacha bo‘lgan metro tarmog‘i 2025 yil 15 iyundan qurila boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.

2024 yil 19 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropoliteni rivojlanishiga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan avvalgi mart oyida o‘tkazilgan taqdimot chog‘ida davlat rahbari aniq topshiriqlar bergan va shu asosda hukumat tomonidan yana-da takomillashtirilgan loyiha ishlab chiqildi. Unda moliyalash manbalari va amalga oshirish muddatlari atroflicha ko‘rsatilgan.

Transport vaziri taʼkidlashicha, avvalroq Chilonzor liniyasi «Buyuk Ipak yo‘li» stansiyasidan TTZgacha uzaytirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq kunlik 140 ming nafardan ortiq kishi Chirchiq, Qibray va G‘azalkentdan poytaxtga qatnashi «Buyuk Ipak yo‘li» atrofida jiddiy tirbandliklar keltirib chiqarayotganini inobatga olib, yangi liniyani “Pushkin” (yoki “Salar”) stansiyasidan boshlash maqsadga muvofiq, deb topildi.

Ilhom Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, qurilishni 2025 yil 15 iyundan boshlash topshirilgan. Loyihaga xalqaro tajribaga ega pudratchi tashkilotlar jalb etiladi. Yangi liniya qurilishi 2026 yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, transport vaziri Prezidentning topshirig‘iga asosan, “Do‘stlik” stansiyasidan «Yangi Toshkent» hududigacha bo‘lgan yana bir metro yo‘li loyihalash va qurish ishlarini boshlash bo‘yicha ham ish olib borilayotganini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling