Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 23/05/2025 PREMIER Electrotech 2025 yilda eksport hajmini besh baravar oshirishni rejalashtirmoqda

PREMIER Electrotech 2025 yilda eksport hajmini besh baravar oshirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024–2025-yillarda o‘zining eksport salohiyatini sezilarli darajada kengaytirmoqda.

Kompaniyaning eksport hajmi 2024-yilda $3 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga mo‘ljallangan eksport rejasi — $15 million dollarga teng!

"PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024-yilda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etdi.

2025-yil uchun asosiy eksport bozorlari: Ozarbayjon – $2 mln, Rossiya – $2 mln, Qozog‘iston – $3.5 mln, Tojikiston – $5 mln

Qirg‘iziston bilan ham eksport bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Kompaniya tomonidan 10 dan ortiq turdagi maishiy texnika mahsulotlari — sovutkich, televizor, gaz plita, konditsioner, changyutgich, kir yuvish mashinasi, dudbo‘ron, mikroto‘lqinli pech va boshqalar eksport qilinmoqda.

O‘zbek brendi sifatida "PREMIER Electrotech" mintaqaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlab, eksport geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling