Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 23/01/2025 Poytaxtimizda eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Poytaxtimizda eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 23-yanvar kuni Toshkent shahrida Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan meva-sabzavot yetishtiruvchilar, karton qutilar, plastik va qog‘oz qadoq ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – eksport jarayonlarini takomillashtirish uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash sifatini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mahsulotlarining xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish uchun takliflar va amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat edi.

2024-yil oziq-ovqat eksporti o‘tgan yilga nisbatan

370 million dollarga ko‘payib, hozirgacha 2 milliard dollardan oshdi. O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda uchinchi, gilos va shaftoli bo‘yicha yettinchi, mosh va boshqa dukkakli mahsulotlar bo‘yicha o‘ninchi o‘ringa chiqdi. Birgina gilos 16 ta mamlakatga eksport qilinmoqda. Shuningdek, 2024-yilda 16 million tonnadan ziyod sabzavot va poliz, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoshka yetishtirilgan.

Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, respublika bo‘ylab faoliyat olib boruvchi tadbirkor va sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Tadbir davomida tadbirkorlar eksport jarayonlarini soddalashtirish, qadoqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarining xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirish uchun takliflar va amaliy yechimlar ishlab chiqildi.

Ushbu davra suhbati eksport hajmini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, tadbirkorlar uchun amaliy ma’lumotlar olish va o‘zaro aloqalarni kengaytirish imkoniyatini yaratdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling