Poytaxtda tirbandlikka qarshi intellektual platforma ishga tushirildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt ko‘chalarida tirbandliklarni barvaqt prognoz qilishga qaratilgan Kompyuterlashtirilgan vaziyatlar markazi yaratildi.
Sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda Markazga tatbiq etilgan Intellektual transport platformasi avtotransport oqimini kuzatish, tahlil qilish va intellektual boshqarishga imkoniyat yaratib beradi.
"Natijada shaharda tirbandlik 50 foizgacha kamayishiga, avtomobil yo‘lovchilarining vaqtini tejash, yo‘llardagi baxtsiz hodisalar soni kamayishi, favqulodda xizmatlar harakatini tezlashtirish hamda qaror qabul qilishda aniq statistika orqali samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi", — deyiladi IIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda prezident poytaxtda transport harakatini sunʼiy intellekt asosida tartibga solish bo‘yicha taqdimot qilinganiga ham ancha vaqt bo‘lgani, lekin natija yo‘qligini ko‘rsatib o‘tgandi.