Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 09/04/2025 Polsha ishbilarmonlari bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Polsha ishbilarmonlari bilan hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 7 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Palata raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va Polshaning Droxichin shahri hokimi janob Voysex Borjim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Polsha delegatsiyasi tarkibiga qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va logistika sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar kirdi. Uchrashuv davomida tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va investitsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga chiqarish, turizm aloqalarini kuchaytirish va Polsha investitsiyalarini mahalliy iqtisodiyotga jalb qilish bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish va ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan katta qiziqish bildirishdi. Uchrashuv yakunida kelgusida qo‘shma tadbirlar, forumlar va biznes-missiyalarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling