Pokistonlik tadbirkorlar delegatsiyasi Sirdaryoga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Pokistonlik ishbilarmon doira vakillari bugun viloyatimiz biznes salohiyatini o‘rganish maqsadida viloyatdagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati bilan tanishdilar.
Delegatsiyaga O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Halimjon Safarov boshchilik qilib, Pokiston tomonidan kelgan tekstil, farmatsevtika hamda bir qancha ishlab chiqaruvchi sanoat korxona ishbilarmonlari bilan birgalikda “PENG SHENG” MCHJ, “SIRDARYO MEGA LYUKS” MCHJ va “OMON MED FARM” MCHJ kabi korxonalar faoliyati o‘rganilib hamkorlikda ishlash va istiqbolga rejalar tuzish bo‘yicha kelishib olindi.