Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 25/02/2025 Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Pokiston Bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif 25–26 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Alohida eʼtibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika hamda elektrotexnika sohalarida kooperatsiyani kengaytirishga qaratiladi.

Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha Tomonlar Qo‘shma deklaratsiyani qabul qiladilar va bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi. Shuningdek, davlat rahbarlari o‘zbek-pokiston biznes forumida ishtirok etadilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling