Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 17/03/2025 Piskent tumanida ikki yuk mashinasi to‘qnashib ketdi: haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Piskent tumanida ikki yuk mashinasi to‘qnashib ketdi: haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17-mart kuni soat 06:30larda Piskent tumani hududidan o‘tgan “Toshkent -Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki maʼlumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Natijada “Issuzu” avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisada yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etganlar.

Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot masʼullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam kursatildi va shifoxonaga yetkazldi.

Voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling