Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 26/02/2025 Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-fevral kuni Oliy Majlis Senatida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev olib bordi.

Avval xabar berilganidek, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan 2025-yil 5-9-aprel kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi tegishli qarori bilan Tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda Chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, ko‘plab mamlakatlar parlamentlari rahbarlari va aʼzolari hamda xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari assambleyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Shuningdek, assambleyaning “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusi doirasida butun dunyo parlamentlari aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, huquq ustuvorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Bir hafta davomida Parlamentlararo ittifoqning qo‘mitalari tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash, ilm-fan va texnologiya, yoshlar masalalariga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha mutasaddilar oldida turgan qator vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling