Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 05/04/2025 Parlamentlararo ittifoq Prezidenti bilan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Parlamentlararo ittifoq Prezidenti bilan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan doimiy hamkorligi, shuningdek, tez kunda Toshkentda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-assambleyasi dasturi, tadbirga doir rejalar va yangi loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, Parlamentlararo ittifoq assambleyasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimizdagi ijtimoiy islohotlar, ijtimoiy sohaga katta eʼtibor va parlamentimizning xalqaro maydondagi tashabbuskor faoliyatining yorqin ifodasidir.

Shuningdek, Toshkent deklaratsiyasi Parlamentlararo ittifoq uchun yangi “yo‘l xaritasi”ni belgilab, u ijtimoiy taraqqiyotga qaratilgan muhim tashabbuslarning amalga oshirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Uchrashuvda tomonlar Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi va istiqbolli rejalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling