Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 03/03/2025 “O‘zmetkombinat” 400 mlrd so‘mlik kreditlar jalb qildi

“O‘zmetkombinat” 400 mlrd so‘mlik kreditlar jalb qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning fevral oyi oxirida “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB o‘rtasida 400 mlrd so‘mlik kredit shartnomalari imzolandi.

Kredit bitimlari mos ravishda 109 mlrd va 291 mlrd so‘m miqdorida tuzilgan.

Korporativ maʼlumotlarning yagona portalida eʼlon qilingan maʼlumotlarga ko‘ra, kreditlarning qaytarish muddati 12 oyni tashkil etadi.

2025 yilda “O‘zmetkombinat” yangi quyma-prokat majmuasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, o‘tgan haftada Fitch reyting agentligi korxonaning kredit reytingini “BB−” darajasidan “B+” darajasiga pasaytirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling