Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
Iqtisod 07/08/2025 “O‘zeltexsanoat” va China Electronics Corporation o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“O‘zeltexsanoat” va China Electronics Corporation o‘rtasida strategik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Xitoyga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi elektronika kompaniyalaridan biri — China Electronics Corporation (CEC) vitse-prezidenti Yang Liming bilan uchrashdi.

China Electronics Corporation (CEC) — Xitoyning elektronika va axborot texnologiyalari sohasidagi eng yirik konglomerati hisoblanadi. CEC tarkibida bugun 660 dan ortiq qo‘shma korxona mavjud. Ular qatoriga CEC Panda, Great Wall Technology, China Software & Service Co. va boshqalar kiradi. Umumiy xodimlar soni 130000 nafardan oshadi. CEC 14 yildan ortiq vaqt mobaynida Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirib kelmoqda, 2024 yilda esa dunyodagi eng yirik kompaniyalar orasida 435-o‘rinni egalladi. CEC «Raqamli Xitoy» va «Xitoyda ishlab chiqarilgan-2025» milliy strategiyalarini amalga oshirishda yetakchi hisoblanadi. Uning mahsulotlari va yechimlari dunyodagi 60 dan ortiq mamlakatga eksport qilinadi.

Muzokaralarda zamonaviy elektronika mahsulotlarini ishlab chiqarish, ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekistonda CEC bilan hamkorlikda ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash hamda elektrotexnika sohasida uzoq muddatli strategik sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling