Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 08/03/2025 “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Xitoyning yirik Jezetek (Sichuan Investment Holding Group) kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Xitoyning yirik Jezetek (Sichuan Investment Holding Group) kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning yirik “Jezetek” (Sichuan Investment Holding Group) kompaniyasining bosh direktor o‘rinbosari Zhang Yu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uyushma raisi Mirziyod Yunusov, rais o’rinbosari Faridun Abdualimov va rais o’rinbosari Abror Boyev xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar o’tkazdilar.

Muzokarada elektrotexnika sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash, hamkorlikda yuqori kuchlanishli kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish, elektronika yo’nalishida loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Uyushma mutasaddilari uchrashuv davomida bugungi kunda yurtimizda yaratilgan qulay biznes-muhiti, davlat rahbari tomonidan elektrotexnika sohasiga ko’rsatilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida atroflicha ma’lumot berdilar.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo’yicha “Jezetek” kompaniyasi kolleji filialini yurtimizda ochish, shuningdek malaka oshirish bo’yicha kurslar tashkil etish muzokaralar markazida bo’ldi. Bunda o’zaro tajriba almashish uchun mamlakatimizda qisqa va uzoq muddatli ta’lim dasturlari asosida o’qitishni joriy qilish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mahalliy korxonalar bilan hamkorlikda, mamlakatimizda yangi kabel-sim ishlab chiqarish quvvatini yaratish bo’yicha ham fikrlar almashildi. Shu munosabat bilan Xitoy kompaniyasi vakillarining mahalliy elektrotexnika korxonalariga tashrifi belgilandi.

Uchrashuv yakunida xorijiy kompaniya delegetasiyasi a’zolari uyushma huzuridagi “Eltech-malaka” o’quv markazi faoliyati va unda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

“Jezetek” kompaniyasiga 1958-yilda asos solingan bo’lib, bugungi kunda uning tarkibiga 51 ta kompaniya, 5 ta ilmiy markaz, 7 ta qo’shma laboratoriya va boshqalar kiradi. Kompaniya yuqori texnologiylari uskunalar, multimedia qurilmalari ishlab chiqarish, dasturiy ta’minot va moliyaviy boshqaruv bilan shug’ullanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling