Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 “O‘zbekneftgaz” AJ va XP-GROUP uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish istiqbollarini muhokama qildi

“O‘zbekneftgaz” AJ va XP-GROUP uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxtda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi hamda O‘zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ hamda Fransiyaning XP-GROUP kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda uglevodorod zaxiralari va qazib olishni oshirish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish hamda atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish, neft va gaz konlarining samaradorligi, barqarorligini oshirish uchun sarmoya kiritish va ilg‘or tajribalarni joriy etish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling