Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 23/05/2025 “O‘zbekneftgaz” AJ va “Halliburton” konlarni o‘zlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish istiqbollarini muhokama qildi

“O‘zbekneftgaz” AJ va “Halliburton” konlarni o‘zlashtirish va innovatsiyalarni joriy etish istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekneftgaz" AJ va "Halliburton" kompaniyalari rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotning asosiy mavzusi “Halliburton” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan integratsiyalashgan yondashuvlar va ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda Jamiyatga tegishli konlarni rivojlantirish bo‘ldi.

Shuningdek, aktivlarni kompleks boshqarish, qatlamlarni raqamli modellashtirish va neft qazib olishni ko‘paytirish usullari hamda kompaniyaning ishlab chiqarish obyektlarida xalqaro tajribani qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ushbu uchrashuv o‘zaro sheriklikni kengaytirish, texnologiyalarni mahalliylashtirish va O‘zbekistonda loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan strategik muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha ish olib borish, innovatsiyalar, xavfsizlik va uglevodorod qazib olish samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling