Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 06/08/2025 “O‘zbekiston–Polsha” va “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi qo‘shma majlisi o‘tkazildi

“O‘zbekiston–Polsha” va “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi qo‘shma majlisi o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5 avgust kuni Senatda “O‘zbekiston–Polsha” va “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining birinchi qo‘shma majlisi onlayn shaklida o‘tkazildi.

Majlisda “O‘zbekiston–Polsha” va “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining faoliyatini kuchaytirish, parlamentlararo va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari faol rivojlanayotgani alohida qayd etildi.

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda parlamentlararo aloqalar muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilib, savdo-iqtisodiy, investitsiya, eksport, transport, qishloq ho‘jaligi, ilm-fan, madaniyat, turizm va migratsiya sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni faolllashtirish va tadbirkorlar o‘rtasida ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish tashabbusi ilgari surilib, “O‘zbekiston–Polsha” va “Polsha–O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlari o‘z faoliyatlari doirasida investitsiyalar va savdo sohasini qo‘llab-quvvatlashga hamda ko‘maklashishga alohida urg‘u berishga kelishib oldi.

Majlis yakunida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, parlamentlararo guruhlarning faoliyatini kuchaytirish va keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan aniq tadbirlar rejasi “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling