Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 03/06/2025 O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg'unov ushbu mamlakat Podshohi Abdulloh II bin al-Husaynga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ammon shahridagi Basman qasrida bo'lib o'tgan tantanali marosimdan so'ng bo'lib o'tgan muloqot avvalida mamlakatimiz elchisi O'zbekiston Prezidentining Iordaniya Podshohiga yo'llangan salomlarini yetkazdi.

Podshoh Abdulloh II bin al-Husayn mamlakatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etib, yangi tayinlangan elchiga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ikki qardosh yurtni bog'lab turuvchi tarixiy rishtalarni yanada mustahkamlash va sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirdi.

Shuningdek, Iordaniya tomonining elchi faoliyatida mazkur do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash yo'lida har qanday ko'mak ko'rsatilishi ta'kidlandi.

O'zbekiston va Iordaniya o'rtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 15-fevralda o'rnatilgan.

O'zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turg'unov 28-may kuni ushbu mamlakat Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarnaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Eslatib o'tamiz, Nodirjon Turg'unov 2024-yil mart oyida O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi sifatida Ar-Riyoz shahriga kelgan edi. Shuningdek, u 2024-yil noyabr oyida O'zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o'tgan. 2025-yil aprel oyida esa u bir vaqtning o'zida mamlakatimizning birinchi elchisi sifatida Bahrayn Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.    

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling