Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Moliya 10/12/2024 O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari noyabr oyida 1,67 milliard dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari noyabr oyida 1,67 milliard dollarga kamaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Noyabr oyida O‘zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxiralari $1,67 mlrdga qisqardi va $41,5 mlrdni tashkil etdi.

Xususan, valyutadagi zaxiralar $9,2 mlrddan $8,2 mlrdga kamaydi, oktabr oyida ular $8,7 mlrddan $9,2 mlrdgacha oshgan edi.

Oltinning fizik hajmi 12,0 mlndan 12,3 mln troya unsiyasiga ko‘paydi.

Shunga qaramay, regulyatorning oltin zaxiralari qiymati $33,4 mlrddan $32,7 mlrdgacha pasaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling