O‘zbekistonning davlat qarzi 42 milliard dollardan oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining umumiy davlat qarzi 42,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Ushbu summadan asosiy qism — 35,5 milliard dollar — tashqi qarz hisobiga to‘g‘ri kelsa, ichki majburiyatlar 6,8 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan davlat qarzi 7 milliard dollardan ortiqka oshgan.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar orasida O‘zbekistonning eng yirik kreditori sifatida Halqaro qayta tiklash va taraqqiyot banki (Jahon banki) qolmoqda.
2024 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 64,1 milliard dollarga yetdi, bu yalpi ichki mahsulotning 55,7 foizini tashkil etadi.
Ushbu summada davlat qarzi 33,9 milliard dollarni, korporativ sektor qarzi esa 30,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Shu bilan birga, davlat qarzi tarkibiga hisoblangan, ammo hali to‘lanmagan foizlar ham kiritilgan.