Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 03/03/2025 O‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning O‘monga biznes-missiyasi: muhim kelishuvlarga erishildi

O‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning O‘monga biznes-missiyasi: muhim kelishuvlarga erishildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25-28 fevral kunlari Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligidagi O‘zbekiston tadbirkor ayollari delegatsiyasining O‘monga biznes missiyasi tashkil etildi.

Safar davomida O‘zbekiston-O‘mon biznes-forumi hamda B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. Unda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan:

Maskat shahridagi Mall of Oman savdo majmuasida “Miss Lighting” MCHJ uchun shourum-savdo do‘koni tashkil etish maqsadida joy ajratildi. Ushbu joydan 1 yil davomida bepul foydalanish imkoniyati berildi.

Shuningdek, “Dilfuza Design” korxonasi uchun ham mazkur savdo majmuasida o‘zbek dizaynerlarining liboslari shourumini tashkil etish maqsadida joy ajratildi. Bundan tashqari, ijara haqqi uchun maxsus imtiyozli shartlar taklif etildi.

O‘monning “Alsumood” va “Real Estate Development” qurilish kompaniyalari o‘z qurgan binolarini “Miss Lighting” MCHJ lyustralari bilan bezatish bo‘yicha katta miqdorda buyurtma berishga kelishib olishdi.

“Mediva” klinikasini franshiza asosida O‘monda ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Felix Tour” korxonasi rahbari Bahwan Travel Agencies LLC kompaniyasi bilan O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida O‘mondan O‘zbekistonga turistlarni yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

“Nova School” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari O‘mon Sultonligi tajribasini joriy etish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Joriy yilning ikkinchi choragida O‘mon tadbirkor ayollarning Toshkentga biznes missiyani tashkil etish va uning doirasida biznes-forum o‘tkazishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling