Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 O‘zbekistonda Sloveniya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekistonda Sloveniya bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Akram Aliyev va Sloveniya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alenka Suxodolnik xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar sanoat, texnologiyalar, farmatsevtika, energetika, kimyo sanoati, qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligiga urg‘u berib, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Suhbat ishtiriokcholari kutilayotgan ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar Oʻzbekiston-Sloveniya qoʻshma loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga, amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yangi tashabbuslarni amalga oshirishga oʻzaro tayyorligini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling