Valyuta kurslari 08/08/2025
$1 – 12593.77
UZS – 0,73%
€1 – 14698.19
UZS – 1,47%
₽1 – 158.49
UZS – 1,64%
Qidirish
Iqtisod 07/08/2025 O‘zbekistonda shaffof taksi bozori aylanmasi 7 oyda 5 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda shaffof taksi bozori aylanmasi 7 oyda 5 trln so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–iyul oylarida shaffof taksi bozori aylanmasi 5 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Bu haqda Coliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ushbu davr mobaynida soliq organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilingan 215 ta agregator orqali jami 262,2 millionta yo‘lo‘vchi tashash amalga oshirilgan (2024 yilda bunday agregatorlar soni 155 ta edi).

Jami aylanmaning 3,6 trln so‘mi yoki 72,2 foizi naqd to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, 1,4 trln so‘mi yoki 27,8 foizi naqdsiz to‘lovlar hissasini tashkil etdi. Bir poyezdkaning o‘rtacha qiymati 19 077 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan biroz yuqori (18 456 so‘m edi).

Agregatorlar xizmatidan taxminan 457,3 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar foydalanmoqda. Ularning 257 629 nafari (56,3%) 30 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lganlar, 166 207 nafari (36,3%) 30 yoshdan kichiklar va 33 477 nafari (7,3%) 50 yoshdan kattalardir. Shuningdek, tizimda 3 480 nafar ayol haydovchilar ham faoliyat yuritmoqda.

Haydovchilarning 7 oylik daromadlari quyidagicha taqsimlangan: 1,8 ming kishi 100 million so‘mdan ko‘p daromad olgan, 19,1 ming kishi — 50 milliondan 100 million so‘mgacha, 113,7 ming kishi — 10 milliondan 50 million so‘mgacha, 59,4 ming kishi — 5 milliondan 10 million so‘mgacha, 122,8 ming kishi — 1 milliondan 5 million so‘mgacha va 140,2 ming kishi — 1 million so‘mdan kam daromad olgan.

Eng ommalashgan avtomobillar Cobalt (23,5%), Nexia (21,5%) va Lacetti (16,9%) hisoblanadi. Elektromobillar avtoparkning 1,8 foizini tashkil etadi.

Avtomobillarning yoshi bo‘yicha taqsimoti quyidagicha: 1 yilgacha — 2,1%, 1 yildan 3 yilgacha — 16,4%, 3 yildan 5 yilgacha — 42,5%, 5 yildan 10 yilgacha — 11,3%, 10 yildan katta — 27,7%.

7 oy mobaynida agregatorlar tomonidan byudjetga 98,8 milliard so‘m soliq to‘langan bo‘lib, shundan 55,4 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling