Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 35,3 foizga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2025- yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 849,4 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.
Sement ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,3 % ga o‘sgan.
Sement ishlab chiqarish dinamikasi o‘tgan yillarning mos davrida quyidagicha:
2023- yilda - 259,2 ming tonna;
2024- yilda - 627,9 ming tonna;
2025- yilda - 849,4 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.