Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Birjalar 19/06/2025 O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori qariyb 70 baravarga o‘sdi: may oyida aylanma 4,79 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori qariyb 70 baravarga o‘sdi: may oyida aylanma 4,79 trln so‘mga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozori qariyb 70 baravarga o‘sdi: may oyida aylanma 4,79 trln so‘mga yetdi

Hisobot oyi yakunlariga ko‘ra, savdolarning umumiy hajmi 4,79 trln so‘mni (371,25 mln dollar) tashkil etib, 2024 yilning may oyiga nisbatan 4,72 trln so‘mga yoki 70 barobarga oshgan. Bu haqda “Toshkent” RFB xabar berdi.

Shubilan birga, 726,91 mlrd so‘mi (56,28 mln dollar) yoki bitimlar hajmining 15,17 foizi birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitimlarga to‘g‘ri keldi. Savdo hajmning qolgan qismi listingdan tashqari savdo maydonchasi (LTSM) bitimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdo maydonchalaridagi bitimlarning umumiy soni 23 396 tani tashkil etib, bu 2024 yilning may oyiga nisbatan 19 474 taga yoki 45,43 foizga kamaydi. Shundan 19 158 ta bitim Birjaning birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan, 4 238 tabitim esa listingdan tashqari savdo maydonchasida amalga oshirilgan.

O‘rtacha kunlik savdo hajmi 228,17 mlrd so‘mni (17,68 mln dollar), o‘rtacha kunlik bitimlar soni esa 1 114 tani tashkil etdi.

Oyyakuniga ko‘ra, UCI indeksi 1,16% foizga oshib, 659,91 punktni tashkiletdi

Aksiyalar bozoridagi savdolar hajmi 657,85 mlrd so‘mni (50,94 mln dollar) tashkil etib, 2024 yilning may oyiga nisbatan 649,23 mlrd so‘mga yoki 76 barobarga o‘sdi. Shu o‘rinda, savdolarning asosiy hajmi (625,40 mlrd so‘m) Free of Payment (FoP) platformasiga to‘g‘ri keldi.

Aksiyalar bozorida savdolarning o‘rtacha kunlik hajmi 31,33 mlrd so‘mni (2,43 mln dollar) o‘rtacha kunlik bitimlar soni esa 865 tani tashkil etdi.

Oy yakuniga ko‘ra, aksiyalar bozorining kapitallashuvi 5,73 trln so‘mga yoki 2,36 foizga oshib, 248,31 trln so‘mni (19,45 mlrd dollar) tashkil etdi. Erkin muomalada bo‘lgan (free float) aksiyalarning bozor kapitallashuvi 4,07 trln so‘mni (318,44 mln dollar) tashkil etdi.

Oy yakuniga ko‘ra, aksiya emitentlarining 135 ta instrumentlari Birja kotirovkalash varag‘ida mavjud edi

Korporativ obligatsiyalar bozorida savdolar hajmi 69,05 mlrd so‘mni (5,34 mln dollar) tashkil etib, 2024 yilning may oyiganisbatan 18,00 mlrd so‘mga yoki 35,26 foizga o‘sdi.

Obligatsiyalar bozorida savdolarning o‘rtacha kunlik hajmi 3,29 mlrd so‘mni, o‘rtacha kunlik bitimlar soni 47 tani tashkil etdi. Birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan obligatsiyalarning bozor qiymati 1,5 trln so‘mni (113,94 mln dollar) tashkil etdi.

Oy yakuniga ko‘ra, obligatsiya emitentlarining 18 ta instrumentlari Birja kotirovkalashvarag‘ida mavjud edi

Oy oxirida birja kotirovkalash varag‘ida 102 ta emitentning 153 ta instrumentlari mavjud edi.

Oy yakuniga ko‘ra, Birjaning listingdan tashqari savdo maydonchasida 4 238 ta bitim tuzilib, o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 4,76% ga pasaydi.

Savdolar hajmi 4,06 trln so‘mni (314,98 mln dollar) tashkil etib, bu o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 478 barobar ko‘paydi.

103 ta emitentning qimmatli qog‘ozlari bitimlar obyekti bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling