O‘zbekistonda paxta ipi eksporti uchun yangi yig‘im stavkalari belgilandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda paxta ipi eksporti uchun yangi yig‘im stavkalari joriy etildi.
Tegishli qoidalar Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Biznes uchun teng shart-sharoitlarni ta’minlash va halol raqobat muhitini shakllantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida belgilangan.
Hujjatga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab paxta ipi eksporti uchun yig‘im har kilogrammning eksport qiymatidan 2 % miqdorida undiriladi, biroq $0,05 dan oshmaydi.
Shuningdek, trikotaj mato eksporti uchun yig‘im har kilogrammning eksport qiymatidan 1% miqdorida belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil boshidan boshlab paxta ipi va trikotaj mato eksporti uchun belgilangan yig‘im har kilogramm uchun $0,1 darajasida edi.