O‘zbekistonda oltin eksporti 2025 yilning yanvar-fevral oylarida 31,3%ga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2025 yilning ilk ikki oyida 1,73 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida qayd etilgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan oltin yetkazib berish hajmi 31,3%ga oshgan, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida bu ko‘rsatkich 1,32 milliard dollarni tashkil etgan edi.
Oltinning mamlakat umumiy eksport hajmidagi ulushi ham ortib, 36,3%dan 37,3%ga yetdi.
Hisobot davrida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 10,8 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 973,3 million dollar yoki 9,9%ga ko‘pdir.
Jumladan, eksport hajmi 4,64 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2024 yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 27,7%ga yuqoridir. Shu bilan birga, import 0,6%ga kamayib, 6,2 milliard dollarni tashkil etdi. Natijada, tashqi savdo balansi manfiy ko‘rsatkichda qolib, 1,56 milliard dollarlik kamomad qayd etildi.