Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 20/03/2025 O‘zbekistonda Kichik biznes assotsiatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekistonda Kichik biznes assotsiatsiyasi tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida Kichik biznes assotsiatsiyasini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Yangi tashkilot biznesni qo‘llab-quvvatlash, brendlarni ilgari surish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va raqobatbardoshlikni oshirishga ko‘maklashishga mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, assotsiatsiya startaplarni rivojlantirishga ham yordam beradi.

Davlat rahbari hududiy rahbarlarga kichik biznes vakillari bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish va ularning dolzarb muammolarini tezkor hal etishni topshirdi.

"Men sizlarning eng ishonchli yordamchingiz va tayanchingiz bo‘lishda davom etaman. Yangi g‘oyalar va yangiliklarni joriy etishdan charchamang, men esa sizlarni qo‘llab-quvvatlashdan charchamayman", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi maʼlumotiga ko‘ra, Assotsiatsiyaga Kamolat Mirzaliyeva rahbarlik qiladi.

Hozirgi kunda u "AARON ACADEMY KIDS" ixtisoslashtirilgan maktabi va "CHILLA UYI" reabilitatsiya markazi rahbari va asoschisi hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling