Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 01/07/2025 O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi

O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonda ichki aviareyslarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi soddalashtiriladi. Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga muvofiq, endilikda yo‘lovchilar shaxsini tasdiqlash uchun elektron shaxsiy guvohnomani taqdim etish orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabineti yoki «Ijtimoiy karta» mobil ilovasiga kirishi lozim. U yerda shaxsiy maʼlumotlar sahifasida amaldagi shaxsiy guvohnoma (ID-karta) aks etgan bo‘lib, shu elektron shaklni yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tish shoxobchasida xodimga namoyish etadi.

Faqatgina my.gov.uz yoki «Ijtimoiy karta» ilovasi orqali taqdim etilgan rasmiy elektron hujjatlar qabul qilinadi.

Quyidagilar qabul qilinmaydi:

hujjatlarning nusxalari,

pasport yoki ID-kartaning fotosuratlari,

skaner qilingan tasvirlar,

shaxsiy maʼlumotlar sahifasining skrinshotlari.

Yaʼni, ichki reyslarga ro‘yxatdan o‘tishda faqat rasmiy raqamli manbalardan (my.gov.uz va «Ijtimoiy karta») olingan maʼlumotlar haqiqiy shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling