O‘zbekistonda davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda hukumat qaroriga muvofiq davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Hujjatning maqsadi — byudjet tizimini zamonaviylashtirish va davlat xarajatlari hamda investitsiyalar samaradorligini oshirishdan iborat. Dastur doirasida uch yillik davlat qarzi boshqaruvi strategiyasini joriy etish rejalashtirilgan.
Belgilangan chora-tadbirlar qatorida — davlat obligatsiyalarining ikkilamchi bozorini qo‘llab-quvvatlash va qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlar chiqarish nazarda tutilgan.
Joriy yil sentyabridan boshlab PSDS statistika maʼlumotlar bazasida davlat qarzi bo‘yicha hisobot taqdim etish ham rejalashtirilgan.