O‘zbekistonda davlat boshqaruvini isloh qilishda Koreyalik ekspertlar yordam beradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Koreya davlat boshqaruvi instituti (KIPA) delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda vazirlikning Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish, Tashkiliy-nazorat, Strategik rejalashtirish va metodologiya boshqarmalari rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur seminarda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Davlat xizmatchilarining salohiyatini oshirish dasturi” loyihasi muhokama qilindi.
Ushbu dasturga muvofiq, koreyalik ekspertlar bilan inson resurslarini boshqarish modelini ishlab chiqish va BPR tahlilini o‘tkazish masalalari kelishib olindi.