Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonda bir yil ichida 33 ming mast holda mashina haydagan haydovchi jazolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil davomida O‘zbekistonda mast holda transport vositasini boshqarganlik va tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortganlik uchun 33 ming kishi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Oliy sud matbuot xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, yil davomida mazkur toifadagi haydovchilarga nisbatan 32,7 ming maʼmuriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqilgan.
31,3 ming fuqaroga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan, jumladan, jarimalar solingan, haydovchilik huquqidan mahrum qilingan va maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.