Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 24/07/2025 O‘zbekistonda attestatdagi baholar oliy taʼlim muassasalariga qabulda inobatga olinmaydi

O‘zbekistonda attestatdagi baholar oliy taʼlim muassasalariga qabulda inobatga olinmaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Maktab attestatlaridagi baholar abituriyentlarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonida hisobga olinmaydi. Bu haqda yurist Xushnudbek Xo‘jaberdiyev 2025 yil 19 iyuldagi Prezident qaroriga tayanib maʼlum qildi.

Hujjatga ko‘ra, 2021 yil 19 noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi. Unga binoan, ilgari maktabdagi baholarni universitetga kirishda hisoblash tartibi joriy qilinishi rejalashtirilgan edi.

Dastlabgi rejaga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarning attestatlariga so‘nggi olti yillik majburiy taʼlimdagi o‘rtacha baholari kiritilishi, va ushbu o‘rta ball oliygohga kirish imtihon natijalariga qo‘shilishi kerak edi.

«Masalan, agar abituriyent imtihonda 130 ball to‘plasa, attestatdagi o‘rtacha bahosiga qarab natijaga 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi mumkin edi», — deb izohladi Xo‘jaberdiyev.

Garchi mazkur qoida rasman tasdiqlangan bo‘lsa-da, uni 2023 yilda amaliyotga joriy etish ikki yilga kechiktirilgan edi. Endi esa bu tashabbusdan to‘liq voz kechish to‘g‘risida qatʼiy qaror qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling