Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 22/02/2025 O‘zbekistonda 2025 yil yanvar oyida 3,87 mlrd kubometr gaz qazib olindi

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar oyida 3,87 mlrd kubometr gaz qazib olindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish hajmi kamayishda davom etmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar oyida mamlakatda 3,87 mlrd kubometr gaz qazib olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3% kam.

Shuningdek, neft qazib olish 8,7% ga kamayib, 55,1 ming tonnani tashkil etdi.

Gaz kondensati ishlab chiqarish ham pasayib, 101 ming tonnani tashkil qildi, bu 2024 yil yanvar oyiga nisbatan 9,6% kam.

Shu bilan birga, ko‘mir sanoatida o‘sish kuzatildi — 2025 yil yanvar oyida 408,8 ming tonna ko‘mir qazib olindi, bu o‘tgan yilga nisbatan 14,3% ko‘p.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling