O‘zbekiston Yevropaga mosh eksportni oshirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 32 859 tonna mosh eksport qilgan bo‘lib, bu 30 million AQSH dollariga teng.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 4 160 tonnaga kamaygan.
Asosiy eksport yo‘nalishi sifatida Xitoy qolmoqda — u yerga 27 514 tonna mosh yuborilgan. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston (1 714 tonna), keyin esa Afg‘oniston (1 017 tonna), Niderlandiya (714 tonna) va Rossiya (526 tonna) keladi. Qolgan davlatlarga esa 1 374 tonna mahsulot eksport qilindi.
Ayni paytda, o‘zbek moshining Yevropaga chiqishi alohida eʼtiborga sazovor: Niderlandiyaga yuborilgan mahsulot hajmi 700 tonnani tashkil etdi.