Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 22/06/2025 O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayganidan jiddiy xavotirda

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayganidan jiddiy xavotirda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan jiddiy xavotir bildiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqaga doir barcha ziddiyatlarni faqatgina muloqot va o‘zaro maqbul muzokaralar orqali hal etish tarafdori ekanini izchil ravishda taʼkidlab kelmoqda.

«Shakllangan sharoitda O‘zbekiston fuqarolarini Isroil va Eronga sayohat qilishdan tiyilishga chaqiramiz, shuningdek, mazkur davlatlar hududida bo‘lib turgan yurtdoshlarimizga imkoniyat boricha xavf darajasi yuqori bo‘lgan hududlarni tark etib, xavfsizroq joylarga ko‘chishni tavsiya qilamiz», — dedi Burxonov.

U, shuningdek, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganini qayd etdi.

«Fuqarolarimizning ogoh bo‘lishini va rasmiy maʼlumotlar hamda eʼlonlarni muntazam ravishda kuzatib borishini so‘raymiz», — dedi TIV vakili.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling