Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 27/05/2025 O‘zbekiston — Yaponiya: parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanadi

O‘zbekiston — Yaponiya: parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida “O‘zbekiston — Yaponiya” parlamentlararo forumi o‘tkazildi.

Forumda har ikki tomondan parlamentlararo aloqalarning bugungi kundagi holati va istiqbollari haqidagi axborotlari eshitildi.

Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida mamlakatimizda yangi ijtimoiy-siyosiy muhit shakllangani, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani ta’minlash va boshqa sohalardagi islohotlar, ularning huquqiy asoslari haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Yaponiya tarafi O‘zbekiston vakillari tomonidan bayon etilgan va mamlakatimizda yangilangan Konstitutsiya asosida olib borilayotgan islohotlarni, Parlament faoliyatidagi o‘zgarishlarni alohida e’tirof etdilar.

Yaponiya deputatlari O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida mamlakatda demokratik islohotlar tizimli ravishda amalga oshirilayotgani, mamlakatni iqtisodiy jihatdan kuchaytirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilayotganini, ta’lim, tibbiyot kabi ijtimoiy sohalarda keng qamrovli ijobiy o‘zgarishlar o‘z amaliy ifodasini topayotganini ta’kidladilar.

Shuningdek, Yaponiya vakillari tomonidan axborot texnologiyalari, tadbirkorlik, sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlik yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi. Ushbu tashabbuslar davlatlarimiz rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lishi va hamkorlikni yangicha mazmun bilan boyitishi qayd etildi.

Forum davomida parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istibollari, uni yangi mazmun bilan boyitish, qonun ijodkorligi sohasida o‘zaro tajriba almashish masalalari bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

Forum so‘nggida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash borasida parlamentlar oldida turgan vazifalar ko‘rib chiqilib, ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling