Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 01/08/2025 O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi.

Ushbu Bitim 2013 yil 25 oktyabr kuni Minsk shahrida imzolangan.

Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga masʼul bo‘lgan vaqolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini taʼminlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling