Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
Iqtisod 06/08/2025 O‘zbekiston – Xitoy (Gonkong) biznes-forumi: Farmatsevtika sohasida hamkorlikning yangi ufqlari

O‘zbekiston – Xitoy (Gonkong) biznes-forumi: Farmatsevtika sohasida hamkorlikning yangi ufqlari

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Gonkong shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ishtirok etdi.

Forum doirasida O‘zbekiston farmatsevtika sohasida yaratilayotgan qulay investitsion muhit va klaster asosida rivojlanayotgan zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, Xitoyning nufuzli farmatsevtika kompaniyalari – Lee‘s Pharmaceutical va Zhaoke Ophthalmology rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.

Ushbu uchrashuvlarda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlik, ilg‘or texnologiyalar transferi, hamda O‘zbekistonda innovatsion farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling