Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 26/05/2025 O‘zbekiston va Yevropa Komissiyasi Global Gateway strategiyasi doirasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Yevropa Komissiyasi Global Gateway strategiyasi doirasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevropa komissiyasining Yaqin Sharq, Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktori Peteris Ustubs boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar Yevropa Ittifoqining 2017-2027 yillarga moʻljallangan “Global Gateway” strategiyasi doirasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qilishdi. O‘zbekistonda raqamli transformatsiya, transport-logistika, yashil energiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida joriy yilda Transkaspiy yoʻnalishi boʻylab joylashgan davlatlar ishtirokida joriy yilda Uchinchi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” iqtisodiy forumini va Toshkent xalqaro investitsiya forumini mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha tashkiliy masalalar kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling