Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 24/06/2025 O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar tadbirkorligi hamkorligini mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar tadbirkorligi hamkorligini mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar palatasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish va yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbir doirasida Yaponiyaning Japan Eastern trading Co.Ltd. korxonasi prezidenti Shigeaki Tagawa boshchiligidagi tadbirkorlar bilan o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Japan Eastern trading Co.Ltd. korxonasi butunlay raqamlashgan va yashil iqtisodiyot tarafdori, atrof-muhitga, ijtimoiy loyihalarga katta eʼtibor berib, qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishni maqsadlariga sodiqlikda faoliyat olib boradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan ishtirok etgan tadbirkorlardan “Dilfuza dizayn” MCHJ tekstil soxasida, “Functional food” MCHJ ipak mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘nalishida hamda “Orchid beauty” MCHJ bilan kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling