Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 03/06/2025 O‘zbekiston va Yaponiya kelasi besh yil ichida 10 ming nafar o‘zbekistonlikni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Yaponiya kelasi besh yil ichida 10 ming nafar o‘zbekistonlikni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Migratsiya agentligi hamda “Japan-China-Asia Medical Educational Cultural Exchange General Incorporated Association” (JCAEMCE) tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolanib, “Yaponiyaga 10 ming nafar o‘zbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi”ga start berildi.

Tayyorgarlik O‘zbekistonda boshlanadi:

“Yapon Mahorat Nuri” kurslari Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida ochiladi.

U yerda yapon tili, malaka imtihonlariga tayyorgarlik va ishga joylashish uchun kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladi.

Shuningdek, WiseBridge maxsus onlayn platformasi orqali Yaponiyadagi bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati yaratilmoqda. Ushbu platforma 2025 yil iyun oyida faoliyatni boshlaydi.

"O‘zbekiston - yoshlar soni jadal o‘sib borayotgan, mehnat bozorida katta salohiyatga ega mamlakat sifatida Yaponiyaning mehnat migratsiyasi sohasidagi ishonchli hamkorlaridan biriga aylanmoqda", - dedi Yaponiya sobiq bosh vaziri, JCAEMCE tashkiloti rahbari Yukio Hatoyama.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling